Kurs nomi: Tirik organizmlarning xilmaxilligi va tuzilishi
Kurs haqida:
Biologiya (yunoncha βίος, bios, „hayot“; va λόγος, logos, „fan“ „ta'limot") hayot bilan bogʻliq masalalar tadqiqotidir. U empirikfanning jonli organizmlarning tuzilishi, funksiyalari, oʻzgarishi, kelib chiqishi, evolyutsiyasi va oʻlishini oʻrganuvchi sohasidir. U turli organizmlarni saralaydi, ularning ishlashini, turlarning paydo boʻlishini, ularning oʻzaro va atrof-muhit bilan munosabatlarini tasvirlaydi. Biologiya botanika, zoologiya, fiziologiya kabi turli ostsohalarga boʻlinadi. Biologiya tirik tabiat toʻgʻrisidagi bilimlar tizimini birlashtiruvchi fan sifatida namoyon boʻladi. Chunki bu fanda ilgari oʻrganilgan dalillar tarixiylik nuqtai nazaridan maʼlum tizimlarga keltiriladi va ularning yigʻindisi organik olamning asosiy qonuniyatlarini aniqlashga imkon yaratadi.Ana shu qonuniyatlar asosida tabiatdan oqilona foydalanish, uni muhofaza qilish va qayta tiklash ishlari amalga oshiriladi. Hozirgi kunda biologiyaning turli sohalarida quyidagi ilmiy-tadqiqot usullaridan foydalanib kelinmoqda. Bularga kuzatish, taqqoslash, tarixiy va eksperimental usullar kiradi.