Kurs haqida:
Davlat huquqi — muayyan davlatning ijtimoiy tuzumi, davlat tuzilishi asoslari va davlat hokimiyati organlarining tashkil etilishini, inson va fuqarolarning asosiy huquklari, erkinliklari va burchlarini hamda saylov tizimini belgilovchi va tartibga solib turuvchi huquqiy normalar yigʻindisi. "Davlat huquqi" atamasi bilan bir qatorda konstitutsiyaviy huquq atamasi qoʻllanilib kelinmoqda, ularning predmeti va tadqiqot obʼyektlari bir xil boʻlganligi bois sinonim sifatida tushunmoq kerak. Bundan tashqari davlat huquqi uch maʼnoda: huquq tarmogʻi, fan va oʻquv kursi sifatida qoʻllanadi.