Milliy iqtisodiyot - ijtimoiy iqtisodiyotning mavjudlik shakli; mamlakat, davlat qududida yashovchi millat (xalqlar)ning tarixan shakllangan yoki tubdan yangilanayotgan, oʻzgarayotgan va rivojlanayotgan mulkiy va boshqa ijtimoiyiqtisodiy munosabatlari, ular bilan shartlangan, mahalliy xususiyatlarga ham ega boʻlgan iqtisodiy faoliyat sohalari, tarmoqlari, tashkilotlari, korxonalari, hududlari va mintaqalari sistemasi. Imkon darajasida tashqi bozor taʼsiridan xoli boʻlgan milliy xoʻjalik sistemasi. Milliy iqtisodiyot kapitalizmning vujudga kelishi va qaror topishi bilan bogʻliq boʻlib, eng avvalo, Angliyada shakllandi. Hozirgi paytda Milliy iqtisodiyotning kapitalistik, sotsi-alistik, postsotsialistik va kam rivojlangan mamlakatlardagi kapitalistik yoʻnalishli kabi turlari maʼlum. Shu bilan birga har bir muayyan turdagi iqtisodiyotining oʻz milliy modellari va shakllari bor. Mas, kapitalistik Milliy iqtisodiyotning amerikacha, yevropacha va yaponcha turlari, milliy modellari va ularning "aralash iqtisodiyot" deb atalayotgan zamonaviy shakli bor (qarang Iqtisodiy taraqqiyot modeli). Rivojlangan mamlakatlardagi "aralash iqtisodiyot" xususiy va davlat kapitallariga asoslangan hamda bozor va davlat tomonidan tartiblanadigan, boshqariladigan, umumdemokratik tamoyillar ham karor topa borayotgan kapitalistik Milliy iqtisodiyotdir (qarang Davlat kapitalizmi).