Kurs nomi: Tilning ijtimoiy ahamiyati va asoslari

Tilning ijtimoiy ahamiyati va asoslari

Kurs haqida:

Til deb murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni oʻrganish va ishlatish qobiliyatiga aytiladi. Til asosan muloqot vositasi hisoblanadi. Tilni oʻrganuvchi sohaga tilshunoslik deyiladi. Jahon tillari miqdorini aniqlash uchun til va sheva orasida farqni oʻrnatish zarur. Shunga qaramay, tillar soni 6–7 ming orasida, deb hisoblanadi. Tabiiy til soʻzlashuv yoki imo-ishora orqali tarqaladi, biroq har qanday til eshitish, koʻrish, sezish stimullari yordamida yozuvbraille yoki hushtak kabi ikkilamchi vositaga kodlanishi mumkin. Bu odam tili modallikdan mustaqil boʻlgani uchun ilojli. Keng maʼnoda til atamasi ostida biror muloqot tizimining tayinli qoidalari majmuasi tushuniladi. Barcha tillar semiozisga, yaʼni belgilarni tegishli maʼnolarga bogʻlash jarayoniga tayanadi. Ogʻzaki va imo-ishora tillari ramzlar ketma-ketligini soʻz yoki morfema qilib shakllantiruvchi fonologik tizim hamda soʻz va morfemalar ketma-ketligidan ibora va gaplarni hosil qiluvchi sintaktik tizimni oʻz ichiga oladi. Odam tili unumdorlikrekursivlik va siljuvchanlik xususiyatlariga ega ekanligi hamda ijtimoiy kelishuv va oʻrganishga butunlay asoslangani uchun unikaldir. Binobarin, uning murakkab tuzilishi hayvonlar muloqotiga nisbatan juda keng ifoda va qoʻllanishlar koʻlamini beradi. Til erta homininlar asta-sekin primat muloqot tizimlarini oʻzgartira boshlagan paytda, boshqa onglar nazariyasini shakllantirish qobiliyati va intensionallikni oʻrganayotganida yuzaga kelgan, deb taxmin etiladi.

Syllabus

Tilning ijtimoiy ahamiyati va asoslari

1 ta foydalanuvchi ro'yxatdan o'tgan

Fan: Onatili va adabiyoti

Til deb murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni oʻrganish va ishlatish qobiliyatiga aytiladi....

Tutor: ona tili Tutor

Kursga kirish

O'xshash kurslar

Fonetika va imlo
4.8

12301

10 000

50 000

Maktab va o‘quv jarayoni
4.8

12301

10 000

50 000