Hujayra (lotincha: cellula — „katakcha“ uycha,,) barcha hayot organizmlarning tuzilish, tarkibiy va funksional birligidir (viruslar bundan mustasno). Hujayra organizmning yashayotgan eng kichik boʻlagi, deb belgilanadi. Baʼzi organizmlar (masalan, bakteriyalar) bir hujayralidir, yaʼni faqat bitta hujayraga ega. Boshqa organizmlar esa koʻp hujayralidir (masalan, oʻrtacha odam 100 trillion yoki 1014 hujayradan iboratdir; oʻrtacha hujayra oʻlchami 10 mikrometr, massasi esa 1 nanogramdir). Eng katta hujayra tuyaqush tuxumi boʻlib, uzunligi 15 sm, massasi 1.4 kg gacha boʻladi. Hujayrani ilk marta Robert Guk 1665-yilda kashf qilgan
Hujayra alohida organizm sifatida hayot kechirishi (bakteriyalar, eng sodda hayvonlar, ayrim suvoʻtlar va zamburugʻlar) yoki koʻp hujayrali organizmlar toʻqimalari tarkibiga kirishi mumkin. Genetik apparat eukariotlarda sitoplazma membrana bilan ajralgan yadroda; prokariotlar esa nukleoidda joylashadi. Jinsiy hujayra meyoz natijasida hosil boʻladi.
Hujayra (lotincha: cellula — „katakcha“ uycha,,) barcha hayot organizmlarning tuzilish, tarkibiy va funksional birligidir (viruslar bundan mustasno)....