Platforma haqida

Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida ta’lim sifatini rivojlantirish hamda ota-onalar bilan integratsiya qilish maqsadida www.sirdaryotalimi.uz platformasini yaratish hamda sifatli kontentlar yaratish uchun Smart video studiyasi tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda  www.sirdaryotalimi.uz platformasini tayyorlash jarayonlari Pedagogika institutining malakali professorlari va maktab ta’limidagi fidoiy, jonkuyar va eng tajribali o‘qituvchilari hamda Sirdaryo online education mchjning malakali mutaxassislari bilan birgalikda tayyorlanmoqda.
Ushbu loyiha ta’limning turli jabhalaridagi muammolarni hal etish hamda o‘qituvchi va ota-onalarni birlashtiradigan hamkorlik platformasi bo‘lib xizmat qiladi.
Bugungi kundagi muammolardan, malakali kadrlar yetishmasligi, maktablarda sharoitning yetarli darajada emasligi, dastur va darsliklarning tez-tez almashinuvi,  maktab va ota-onalar o‘rtasida aloqaning kamligi hamda ota-onalarning farzandi ta’lim-tarbiyasiga e’tiborsizligi ushbu loyihamizni yaratishimizga sabab bo‘ldi.
Bunda asosiy 4 ta yo‘nalish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish eng to‘g‘ri yo‘l deya belgilab olindi.
Birinchidan, eng avvalo, maktab rahbarlarining boshqaruv tizimidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish orqali ta’lim tizimining to‘g‘ri va adolatli boshqaruvi yo‘lga qo‘yiladi.
Bunda Sirdaryo ta’limi.uz sayti bo’limlari sifatida Rahbarlar kabineti tashkil etilgan bo’lib, Ushbu bo’limda Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2023-yil 25-dekabrdagi 681-son qarori hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 28-dekabrdagi 578-son buyrug‘i, shuningdek, maktab direktori lavozimiga nomzodlarni saralash, tayyorlash va ularning malakasini oshirishning ilg‘or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish yo‘li bilan maktab ta’limi tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy etish bo‘yicha alohida Menejment.uz sayti 2024 yil sentabr oyidan ishga tushurildi.
Menejment.uz sayti va telegram boti  “Sirdaryo Online Education” MCHJning malakali va yuqori tajribaga ega mutaxxasislari tomonidan Xalq ta’limi xodimlarining bilim darajalari va kasbiy mahoratini baholash markazi tomonidan ishlab chiqilgan “Ta’lim menejmenti” o‘quv modulining ishchi o‘quv-mavzu reja va dasturi asosida tayyorlangan.
Ikkinchidan, maktab o‘qituvchi va o‘quvchilariga on-line ta’limi orqali dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarni sifatli, ko‘rgazmali va qiziqarli tashkil etish uchun ta’limda zarur bo‘ladigan barcha resurslar va imkoniyatlar yaratiladi va qo‘shimcha repititorlik tizimi bepul va xatarsiz  yo‘lga qo‘yiladi.
Uchinchidan, Ota-onalarning barcha fanlar kesimida eng sodda va oddiy usullar bilan farzandlarining dars mashg‘ulotlarini birgalikda tayyorlashlari uchun qulayliklar yaratiladi va bunda ota-onalarga faqatgina nazorat tizimini kuchaytirish vazifalari yuklatiladi.
To‘rtinchidan, Smart video studio yordamida tajribali professorlar va malakali o‘qituvchilar hamkorligida sifatli kontentlar yaratiladi va barcha ta’lim muassasalari singari viloyatimizning chekka xududlarida ham sifatli dars mashg‘ulotlarini amalga oshirish yo‘lga qo‘yiladi.
Ushbu Smart video studio Guliston davlat Pedagogika institutida tashkil etilib, loyiha doirasida eng asosiy urg‘u bitiruvchilarga qaratiladi. Bunda viloyatdagi maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida institutga yaqin xududdagi maktablar bilan shartnomalar tuzilib, institut binosida maktab dars mashg‘ulotlari tashkil etiladi. Ushbu dars mashg‘ulotlariga professor va maktablardagi malakali o‘qituvchilar jalb qilingan holda dars mashg‘ulotlari tashkil etilib, bitiruvchi talabalarimizning pedagogik amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Endi bitiruvchilarimiz dars jarayonidagi barcha vaziyatlar, xolatlar va muammolar hamda o‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini onlayn va oflayn kuzatishlari orqali tajribalari orttiriladi.
Maqsad ta’lim sifatini oshirish va barcha qulayliklar ega bo‘lgan mukammal va yagona klasster ta’lim platformasini ishlab chiqish. Bu platforma kelajakda nafaqat maktab faoliyati uchun xizmat qilishi, balki bugungi kunda pedagogika yo‘nalishi bitiruvchilari, bo‘lajak o‘qituvchilar uchun ham amaliyot maktabi sifatida xizmat qiladi.
Loyihaning davomiyligi uzoq muddatli ya’ni bugungi startap loyihisi mablag‘lari asosida barcha tashkiliy ishlar amalga oshiriladi va abonentlik daromadlari doimiyligi ta’minlangan holda kelgusidagi to‘planilgan mablag‘lar platforma ishlarini rivojlantirishga hamda ta’lim sifatini oshirish va loyiha a’zolarini doimiy rag‘batlantirib borishga, bundan tashqari platformadan foydalanishda extiyojlari mavjud bo‘lgan ta’lim muassasalari uchun ham homiylik mablag‘lari sarflanishi yo‘lga qo‘yiladi.